M A R K A Z M A ' L U M O T L A R I

yuklanmoqda

Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish

Home Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish

“Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish” bo‘limi

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi 13-son buyrug‘iga asosan “Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tarkibida tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi buyruqlari va farmoyishlariga hamda “Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — markaz) nizomi, buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu nizomga amal qiladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishini nazorat qilish va ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarni markaz rahbariyatiga kiritadi;

bo‘limga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan qo‘mita tizimidagi tashkilot va korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi;

bo‘limning huquq doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha markaz rahbariyatiga takliflar kiritadi;

barcha davlat muassasalarida va jamoatchilik tashkilotlarida bo‘limning huquq doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha markaz nomidan ish ko‘radi;

bo‘lim faoliyatiga tegishli farmonlar, qarorlar, yig‘ilish bayonnomalari, yo‘l xaritalari, chora-tadbir dasturlari, buyruqlar va asosiy faoliyatga doir topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, ijrosini tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash va ularni ko‘rib chiqish uchun markaz rahbariyatiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyatiga tegishli murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishini nazorat qilish va ruxsatnomalar berish sohasida:

katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarida tashish uchun
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga “Elektron litsenziyalash tizimi” yoki “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali elektron tarzda ruxsatnomalar berish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etib borish;

talabgor (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun murojat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar) katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarida tashish uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishidan oldin yo‘nalishlar bo‘yicha avtomobil yo‘li va undagi sun’iy inshootlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, yo‘nalish bo‘yicha texnik xulosalar taqdim etib borish.

2) Bo‘lim faoliyatiga tegishli farmonlar, qarorlar, yig‘ilish bayonnomalari, yo‘l xaritalari, chora-tadbirlar dasturlari, buyruqlar va asosiy faoliyatga doir topshiriqlarini belgilangan muddatlarda bajarish, ijrosini tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash sohasida:

farmonlar, qarorlar, yig‘ilish bayonnomalari, yo‘l xaritalari, chora-tadbir dasturlari va buyruqlarda belgilangan asosiy faoliyatga doir vazifalarni tezkor va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan ish yuritadi;

hukumat va qo‘mita tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan qo‘mita tizim tashkilotlaridan ma’lumotlarni oladi va umumlashtiradi;

belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda holat yuzasidan markaz rahbariyatiga axborot kiritadi va ishlarni jadallashtirish choralarini ko‘radi.

3) Jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘lim faoliyatiga tegishli murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasida:

jismoniy va yuridik shaxslarning markazga yo‘llagan murojaatlarini tegishliligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi, masala hamda takliflarni hal etish va amalga oshirishda qonun doirasida ish tutadi;

zaruriyat tug‘ilgan taqdirda faoliyatiga doir murojaatlardagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganadi va qonuniy hal etilishini nazorat qiladi.